Korxona Haqida

O’zbekistonda eng ilg’or texnologik oboylarni ishlab chiqaruvchi Kvadrat Decor korxonasiga 2014-yil innovatsion g’oya ila Muzaffar Mirzahmedov tomonidan tashkil topdi. Bu qisqa muddat ichida, korxona rivojlangan davlatlardagi eng sifatli oboylar bilan bemalol raqobatlasha oladigan maxsulotni ishlab chiqarishga erishdi. Shubhasiz bunday sifatli oboylarga bo’lgan talab nafaqat O’zbekistonda balki boshqa bir qancha chet davlatlarda, ayniqsa MHD hududida talab keskin oshdi. Kvadrat Decorning raqobatdagi afzalligi va shunday mashxurlikka erishganligining asosiy sababi sifat va narx optimal nisbatligi, hamda rasmiy do’kon mijozlar bilan bevosita hamkorlik qilishidadir. Kundan kunga Kvadrat Decor mahsulotlariga talab o’sib kelayotgan nuqtai narzardan kelib chiqqan holda, korxonasi yaqin yillarda dunyoning har bir chekkasida katta shov shuvga erishishi kutilmoqda.

Galereya

Afzalliklar

Агарда деворнинг бир қисми кўчиб тушса, гулқоғознинг озгинасини сувда ивитиб, ўзингиз ҳам деворга суртиб, аввалгидек қилиб қўяверасиз.

«Kvadrat Decor» гулқоғозлари бошқа обойларга ўхшаб, клейланиб, ёпиштирилмайди. Аввал ивитилиб, сўнгра деворга сувалади. Натижада уйда умуман чанг кўтарилмайди, деворнинг тешик-ёриқлари, нотекислиги ҳам ҳалақит бермайди.

Шунингдек, улардан ёқимли ҳид таралиб туради.

У ўзидаги антисептик қўшимчалар ҳисобига хилма-хил замбуруғлар, бактерия ва доғлар ҳосил бўлмаслигини кафолатлайди.

Устанинг фантазиясига қараб, ундан безак учун креатив ва бетакрор композициялар, геометрик шакллар ҳосил қилиш мумкин.

У табиий толали материалдан тайёрлангани учун табиий жиҳатдан мутлақо хавфсиз ҳисобланади.


Суртиш юзасини алоҳида тайёрлаш шарт эмас. Яъни ундан бинонинг махсус нотекис, қайрилган жойларида ҳам фойдаланиш мумкин.


Оқ кўйлак, қора шимда туриб ҳам деворингизга сувашингиз мумкин.

Текистил декоратив сувоғи барча бошқа сувоқларга нисбатан иссиқлик изоляцияси, шовқинни ютиш ва акустикаси яхшилиги билан ажралиб туради.

Бу сувоқ турида ранглар тури жуда кўп бўлиб, ҳозирда «Kvadrat Decor» компанияси 40 хилдан ортиғини таклиф қилмоқда.

Tayyorlash usuli

  1. Katta yelim idishga 16-17 litr toza suv solinadi, suv temperaturasi 40-50 gradusdan kam bo’lmasligi lozim. Suvga boshqa qadoqdagi dekorativ qo’shimchalarni solinadi va yaxshilab aralashtiriladi.
  2. Assosiy quruq qorishmani qo’shiladi. Qadoqni ochishdan oldin ichidagini yaxshilab ezib chiqish kerak, bir xil massa hosil bo’lishi uchun. Eritmani qo’l bilan yaxshilab 10 daqiqa mobaynida qorishtirish kerak. Elastik material konsistensiyasiga kelgunga qadar, kerak bo’lsa suv qo’shiladi. Sifatli namlanishi uchun idishni qopqoq bilan yopib qo’yish kerak, yoki polietilen qodoqga solib qo’yish kerak.
  3. Qorishmani shishishi uchun 2-4 soatga qoldiriladi. Keyin esa yana bir marta aralashtiriladi va material ishlatishga tayyor.

Aloqa